Bozordagi zaxarli gul

Bozordan suratdagi gulni 20 000 so'mga harid qilgandim.
Sotuvchi erkak kishi ekan, gul haqida deyarli hech nima aytmadi, menimcha bu erkak haqiqiy sotuvchining o'rniga vaqtincha o'tirgan bo'lsa kerak. Menga gulni do'lana gul dedi va mevasini qaynatib yesa nimalargadir davo bo'lishi haqida aytdi.

Gulning ko'rinishi juda yoqqani uchun harid qildim, mittigina daraxtga o'xshatdim, yo'l - yo'lakay taksida ham ko'pchilikning qiziqishiga sabab bo'ldi, hatto tanlovimdan kayfiyatim ham ko'tarildi.

Taksidagi xamroxlarimdan gul haqida so'raganimda ular ham, xa bu do'lana gul, urug'idan ham chiqadi, atroskadan ham ko'karadi deyishdi. Meni uchragan odamga savol berish odatim yo'q, taksidagi ayollarning biri tumanimizdagi 1-maktabning sobiq direktori Nosirova Aziza opa edilar u kishi rahbarlik qilgan maktabga ish bilan borganimda maktabdagi gullarni ko'pligiga ularning yashnab turishiga doim havas qilganman, shuning uchun u kishiga qarata savol bergandim, qizig'i gul haqidagi savolimga Aziza opa qolib menga begona bo'lgan boshqa bir ayol javob bergandi, o'sha ayol gapining oxirida bu gulni hovlingizga eksangiz ham bo'ladi deb qo'shimcha qildi

Avval uyga, keyin ishxonamga olib kelib singan shoxlarini qirqdim tagini tozaladim, tuvagini artib surtib barglarini suv sepib yuvdim va xonamga kirgizib qo'ydim.
Qanday parvarishlash haqida gulni suratga olib avvalo Facebookdagi MASLAHAT.UZ gruppasiga  bu gulni nomi nima qanday parvarish qilinadi deb post qoldirmoqchi bo'ldim.
Facebook yaxshi ishlamadi post qoldirolmadim. Keyin, odnoklassnikiga kirib

"XONA GULLARI PARVARISHI" guruxida Facebookda qoldirolmagan postimni yozib qoldirdim, guruxda 2 mingdan ziyod odam borligiga qaramay ha deganda javob kelavermadi.

Googledan do'lana gul deb izlasam do'lana mevasi bilan Nuriddin Haydarovning do'lana qo'shig'ini topib berdi.
Internetga kompyuterdan kirganimda googleda поиск по картинке degan yozuvga ko'zim tushgani yodimga tushdi, ayni damda internetga telefon orqali kirganim uchun telefonimda bor browserlarni qarab chiqdim, UC Browser, Google Chrome, va Browser ning o'zini ham. 
Biroq, men izlagan narsa chiqmadi. Shunda play marketga kirib поиск по картинке deb yozib qidurvga berdim,

qidiruv natijasi bo'yicha eng birinchida turgan Search By Image  dasturini telefonimga yuklab olib o'rnatdim, ingiliz tilini yaxshi bilmayman lekin bilganim bu dasturni nomidan vazifasini tushinishimga kifoya qildi.

Dastur juda sodda ekan undan foydalanishni bitta urinishda epladim garchi dastur to'liq ingliz tilida bo'lsa ham. Dastur orqali gulni suratga olib qidiruvga berdim bir necha marotaba o'rinishimga qaramay dastur mendagi gulning aynan o'zini topib berolmadi.

Hayolimga balki telegramdan javob toparman, kimdir shu mavzudi gurux ochgandir deb telegramda gullar_parvarishi deb yozib izladim,
to'g'ri o'ylagan ekanman shunaqa gurux bor ekan, gurux a'zolarining soni deyarli 600 nafar edi. Darxol "shu gulni nomini yoki qanday parvarishlash haqida yozvoringlar. Sotgan odam do'lana gul degandi. Bugun olgandim" deb yozib gulni suratini ilova qilib jo'natdim.
2 daqiqada javob oldim, bu gulning nomi do'lana gul emas PASLEN ekan, o'zimni kalit  so'zni topgandek his qildim. Boshqa javoblarni kutib o'tirmay Googlega kirib paslen guli deb qidurvga berdim.
Gul haqida bir nechta maqola va ma'lumotlar topildi, ochig'i men tanlagan gulim juda foydali ekanligiga ishongandim, uni dunyodagi eng zaxarli o'simliklar sirasiga kirishini o'ylab ham ko'rmagan ekanman.

Paslen guli manzarali ituzum bo'lib, tashqi ko'rinishi o'ta manzarali bo'lgani uchun yosh bolalarni o'ziga jalb qilar ekan, meni ham yosh boladek o'ziga jalb qilgan bu gulning mevasi biolog Feruza Toshpo'latovaning tasvir.uz saytida yozishlaricha inson oshqozoniga tushganida ko'ngil aynishi va qayt qilish kabi oqibatlarga olib kelar ekan.

Bundan tashqari ko'z qorachig'ining kattalashishi va uyquning buzilishiga ham sabab bo'lishi mumkin ekan.
Yana kim biladi qanday salbiy oqibatlarga olib keleshini, hammasini bilish uchun bir ikki dona mevasidan yeb ko'rib kerak yoki tovba qildimku kimgadir sezdirmay yedirib ko'rish kerak, aksiga olib ko'rinishi ham do'lanaga, yovvoyi pomidor va olchaga ham o'xshab ketadi.

Feruza Toshpo'latovaning maqolasida bu kabi va boshqa manzarali gullarni iloji boricha xona va ishxonalarda joylashtirishda alohida etibor berish va ayniqsa, maktabgacha ta'lim muassasalari, maktablar hududi hamda yosh bolali xonadonlarda saqlashda ehtiyot choralarini ko'rgan holda joylashtirish maqsadga muvofiq bo'lishi haqida takidlab o'tganlar.

Shu o'rinda bir nechta savol tug'uladi, bozorlarda, do'konlarda sotilayotgan manzarali gullarning qaysini ZARARLI qaysini zararsiz ekanini qanday bilish mumkin.

Paslen kabi gullar o'ta zaxarli o'simliklar turiga kirgan ekan kim bularni sotishga ruxsat bergan?

Umuman gulchilik bilan, gul savdosi bilan shug'ullanidagan tadbirkorlarning zaxarli o'simliklar sotayotganidan xabari bormikan, bo'lganda ham qaysi tadbirkor o'z maxsulotini bozorga olib chiqib bu o'ta zaxarli, harid qilmanglar deb rostini aytadi deysiz.

Menga o'xshab do'lana guli ekan deb harid qilib honadoniga, bog'chaga yoki maktabga olib borib qo'ysa nima bo'ladi?

Balki pashshadan fil yasab yuborayotgandirman, lekin shu vaqtgacha qayerda muammo aniqlanib qolsa keyin chora ko'rishga odatlanib qolganmiz, ungacha "mabodo shunaqa bo'p qolsachi" degan gapni ochiqchasiga rad qilganmiz.

Birinchidan hammada ham mendagi kabi telefon yo'q.

Ikkinchidan telefon yoki internet bo'lsa ham bu qadar chuqur izlanishga ko'pchilik qunt qilmaydi.

Uchinchidan mamlakatimizda eng ko'p manzarali gullar asosan ta'lim maskanlarida parvarish qilinadi.

Feruza Toshpo'latova kabi biologlarimizdan tegishli tashkilotlar bilan shartnoma qilib yurtimizda parvarish qilinadigan manzarali gullarning qaysini zararli ekanligi haqida ro'yxat tuzib unga gullarning suratlarini ilova qilib uslubiy qo'llanma ko'rinishida mamlakatimiz bo'ylab hech bo'lmaganda ta'lim soxasidagi dargoxlarga tarqatib chiqish kerakmikan

Yoki bu bo'yicha guruxlar tuzib markazlashgan prezintatsiyalar tashkillashtirib, undan keyin hudidlarda ham o'tkazilishini ta'minlash kerak deb o'ylayman.

"Gullar parvarishi" guruxi azolaridan yurtimizda qanaqa zaxarli gullarni topish mumkin deb savol berganimda 2 kishi uch daqiqada 5 ta zaxarli gullarni sanab berishga ulgurishganini ham qo'shimcha qilishim kerak.

Blogpostim oxirida barchangizni atrof muxitga etiborli bo'lishlaringizni, bo'lib o'tgan voqea yoki bo'lishi kutilayogan voqealarga o'z munasabatingizni bildirishlaringizni so'rab qolaman. Munosabat bildirar ekansiz siz o'zingizni, istamagan holda fikirlashga majbur qilasiz.
Unitmang aqlning jamoli - fikirlash bilan, tilning jamoli - sukut qilish bilan o'lchanadi.

Jizzax viloyat Do'stlik tuman Axborot-resurs markazi rahbari BEKNAZAR RAXMATOV

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

Жавоблар топилганда саволлар ўзгаради. Туркиядаги Ўзбекистонликлар бебош қолдими?

So’z navbati maktab kutubxonachisiga.