Tomorqada pishib yetilgan metall.
Bahor keldi deguncha joylarda shanbalik, dushanbalik, seshanbaliklar avjiga chiqib ketadi. Men ham dam olish kunidan foydalanib dala hovlimizdagi tomorqani yaxshilab chopib uzundan-uzun ariq oldim. Keyin omborxonaga kirib urug’likka qolgan 4 yoki 5 kilogramm metalalomni, jumladan, siniq ketmon, qiyshaygan lom, eski karovot bo’laklari va shunga o’xshash, keyinchalik kerak bo’lib qolar, deb olib qolingan mayda-chuyda temir buyumlarni quchog'imga siqquncha ko'tarib chiqdim-da ularni eka boshladim. Yaxshi hosil berishi uchun har birining orasida bir-ikki qarichdan joy qoldirdim. Xudo hohlasa, yoz davomida yaxshilab chopib, vaqtida sug’orib tursam, kuzda tomorqamizdan 3 yuz kilogramga yaqin metall yig’ib-terib olishim mumkin. 1996-yil maktabga kelgan bo’lsam, to bitirgunimcha 9 yil davomida shu tomorqamizdan maktabga metall tashidim. Keyinchalik uch yil kollejda o’qigan vaqtimda uydan sal uzoqroqda taxsil olayotganimiz tufayli metall ko'tarib yurushga kollej ma'muriyati