Сообщения

Сообщения за август, 2019

Ariza yozishni bilamiz.

Изображение
     Xabaringiz bor 2019-yil 7-iyun kuni Prezidentimiz SHavkat Mirziyoyev Miromonovich Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni  yanada  takomillashtirish toʻgʻrisidagi qarorga imzo qo'ydilar. Qarorda 186  ta  tumanda (shahar) axborot-kutubxona markazlarini tashkil etish, shuningdek, umumtaʼlim maktablari va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari qoshida faoliyat koʻrsatayotgan barcha axborot-resurs markazlari faoliyati tugatilishi haqida ham alohida band bor.      Axborot-resurs markazlarini tugatilishi haqidagi xabar butun Oʻzbekiston boʻylab shov-shuv boʻlib,  facebook  va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻldi desam yolgʻon boʻladi, ha shunday qarorning ushbu bandini faqat shu soha vakillari tomonidan Respublika Bolalar kutubxonasi tashabbusi bilan ochilgan b olalarkutubxonasi   telegram  guruhi orqali Respublikamiz boʻylab ikki mingdan ziyod axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan tinmasdan muhokama qilindi va