So’z navbati maktab kutubxonachisiga.
Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar, shunday muborak kunda sizlarning qarshingizda turib so’zga chiqanimdan bag’oyatda xursandman, mening aytmoqchi bo’lgan gaplarimni dilingizga yaqin olmang va gaplarimni shunchaki bir kutubxonachining valdirashida deb qabul qiling. Men kutubxonachi kasbini tanlaganimdan juda juda bahtiyorman, o’zi yetti uxlab tushimga ham kirmagandi kutubxonachi bo’lish, noilojlikdan boriga baraka deb shu soxaga ishga kirganman uydagi qo’chqordan vos kechib. Kutubxonaga ishga kirgunimcha deyarli kitob ochib o’qimaganman, balki o’qiganimda edi hozir kutubxonachi bo’lish baxtiga muyassar bo’lmagan bo’larmidim, yaxshiyam kitob o’qimagan ekanman deb o’ylab qolaman bazida. Ko’pchilik kutubxonachiga qiyin, xonasida na kompyuteri bor na printer bor deb o’ylaydi, aslida ular xato o’ylashadi, menga mazza, ikki varoq ma’lumotnomani yozish uchun maktabda kimda kompyuter bo’lsa o’shanga yalinaman, bu ham bir baxt agar bilsanglar, odam odam bilan muloqatda bo’lib turg