NEGA KITOB O'QIMAYOTGANLIGINGIZNI BILAMAN
Kitob o‘qish uchun insonga ikkita narsa kerak, ularni narsa deyish ham xatodir balki. Bular: ichki va tashqi xotirjamlik. Tinch, osuda, shovqinsiz muhit. Muhit harorati tana haroratidan farq qilmasligi ayni muddao, mana bular tashqi xotirjamlik. Agar sizda kitob o‘qish uchun shijoat yetishmayotgan bo‘lsa bu sizning bo‘sh vaqtingiz yo‘qligida emas, bu sizda ichki xotirjamlik yetishmasligida. Buning sabablari ro‘zg‘or tashvishi, ishdagi kamchiliklar, tugatilmagan rejalar va eng asosiysi moliyaviy muammolar. Qanchalik ko‘p kuchingizni sarflab ishlamang, ko‘nglingizni to‘q qiladigan mablag‘ni topa olmasligingiz, sizni kitob o‘qib nimagadir erishish mumkin bo‘lgan umidingizni oyog‘idan tortadi, zero boylikning ko‘pligi ko‘ngilning to‘qligida. Achchiq haqiqat shundaki siz ichki xotirjamlikni maktabda o‘qib yurgan vaqtlaringizda havoga sovurgansiz. Farzandingiz, ukangiz yoki singilingizni sizning xatolaringizni takrorlashiga yo‘l qo‘ymang. Men ayni damdagi lavozimimdan kelib chiqib