Сообщения

Сообщения за декабрь, 2018
Изображение
  ADOLATSIZ INNOVATSION KOʻZBOʻYAMACHILIK Bugun telegramda ikki nafar tanishimdan gʻalati iltimosnoma keldi, birinchi tanishim Jizzax    Politexnika institutining Avtotransport fakulteti dekani (menimcha dekan boʻlsalar kerak, xabar ostida shunday teg bor) Saidaxmedova Nodira Ilhomovnaga  ovoz berishimni iltimos qildi, tanimaymanku desam “bizni dekan” deb javob qaytardi, xullas kirib ovoz bermadim, tanimagan odamimga qanday qilib ovoz berishim mumkin? Ustiga ustak meni ovozim boshqa ishtirokchilarning reytingiga tasir koʻrsatadigan boʻlsa. Oradan bir soatcha vaqt oʻtgach boshqa bir tanishim xuddi shu institutning Arxitektura va qurilish fakultetini dekani Berdiqulov Aʼzam Mardanovichga ovoz berishimni soʻrab iltimos qildi, bu safar xabarni eʼtiborsiz qoldirolmadim, oʻzi nima boʻlayotganiga oydinlik kiritish uchun havola orqali kanalga oʻtdim. Kanalda institutning 5 nafar dekanini surati qoʻyilgan, tagida lavozimi ismi sharifi yozilgan va ovoz berish uchun havola bor, xull