4500 kilometrdan ko'rinib turgan muammolar. Saylov jarayoni avjiga chiqib ijtimoi tarmoqlarda partiyalarning falon joyda saylovchilar bilan uchrashdik, piston joydagi aholi muammosi o'rganildi, manabu qarorga anavi partiya qarshi kabi maqola va xabarlar urchidi. Kazo kazolar bilan birgalikda xo'o'o' haligi partiya faollari tuman markazida joylashgan madaniyat saroyida yosh saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazibdi, uchrashuv davomida saylovchilar deputat va kazo-kazolarga o'zlarining qiziqtirgan savollarini beribti. Savollar taxminan quydagicha, qanday qilib deputatlikga nomzodimni qo'ysam bo'ladi? Partiyaning oldiga qo'ygan maqsadi nima? Deputatlarning vakolatlari nimalardan iborat? Javoblaringiz uchun oldindan raxmat. Yoki qaysidir sektor raxbari bilan birgalikda, kazo-kazolar hamda ha barakalla partiyasi faollari yopilib ketgan kollejning aktiv zalida saylovchilar bilan uchrashib aholini qiynab kelayotgan muammolarni o'rgandi. Uc