Сообщения

Сообщения за февраль, 2020

Ayollarning haq huquqi haqida

Изображение
Xotin-qizlar qo'mitalari raisi lavozimlari tugatildi. Ko'p o'qiymiz "bolasini falon pulga sotmoqchi bo'lgan ayol ushlandi" degan xabarlarni, bu kabi jinoyatlar yurtimizda avvaldan bo'lgan, shunchaki biz bilan siz ommaviy axborot vositalari rivojlangan davrda yashayabmiz. Gap o'zbek ayoli haqida ketganda ko'z oldimda yugurishni bilmaydigan, bir kuni yirtqich hayvonga yem bo'lishini kutib turgan ohu gavdalanadi. Himoyasiz, nochor, xo'rlanish va doimiy tahqirlanishlardan yuzaga chiqish uchun eriga, akasiga, ukasiga yoki dadasiga, yana alla kimgadir mulozamat qilishga majbur bo'lgan o'zbek ayolini himoya qiladigan faqat nomi bor bo'lgan qo'mita ham tugatilibti. Bu qo'mita tugatilishi emas aksincha isloh qilinishi kerak edi. Bir yil oldin ona chaqalog'ini hojathonaga tashlagani haqida xabar chiqdi, bir yildan keyin erini chavaqlab hojatxonaga tashlagan ayol haqida o'qidik. Ayollar qilayotgan jinoyatlarning ming

Оператция ы

Изображение
Bir necha kun oldin kanalimizga maktab qoravulining hushtak chalgan vaqtda posbonlar kelmagani haqida video qo'ygan edik. Bazi amaldorlarimiz videoni mazmunsiz, bizni esa madaniyatsiz deb atashibti. Videoni kanalga chiqarib hechkimni tagiga suv qo'yish yoki qo'rqitish haqida o'ylaganimiz yo'q, aslida deputatlar tinmasdan bong urgan YANGI O'ZBEKISTONda eskitdan qolgan, sovetcha hushtak chalishni qoravullarga qayta tadbiq qilinganiga va buni chekkadan tomosha qilish qanchalik kulguli bo'lishiga etibor qaratmoqchi bo'lgandik. Yarim tunda maktabda qorovuldan boshqa inson bo'lmaydi odatda, demak qorovul yarim tunda binodagi yagona inson, boshqa insonlar kabi uning ham havsizligi muhum, u sariq nimcha kiyib olib, kimdir hujum qilganda qo'lida o'zini himoya qiladigan hech qanday buyumsiz faqat fonar va hushtak bilan nima qila olishi mumkin? Aksiga olib hushtak chalganda hech kim yetib kelmasa. Maktablarga kuzatuv kameralarini o'rnatish hu