Сообщения

Сообщения за май, 2018

BLOGERLAR CHEMPIONATIDA LOTIN ALIFBOSIGA SEMIZ 2 QO'YILDIMI?

Изображение
xabar.uz va bir nechta tashkilotlar hamkorligi va homiyligida tashkil qilingan  blogerlar chempionatining  saralash bosqichi tugagach o'zimni  166  o'rinda ko'rdim va birinchi yil uchun havaskor blogerga yaxshi natija deb o'zimni ovutmoqchi bo'ldim, Aslida shoshilib xato qilganligimni, mavzuni yaxshi tanlamaganligimni ancha oldin tushunib yetgandim. O'zim haqimda unutib reytingi baland blogpostlarni o'qib chiqib bir nimalarni o'ylab qoldim, o'ylaganlarim saralash bosqichidan menga o'xshab o'ta olmagan yoki yarim finalga o'tgan TENGDOSHLARIM ga as qotishi mumkin deb bu haqda yozishga qaror qildim. Xullas, blogerlar chempionatining saralash bosqichi 387 ta ijodiy ish bilan o'z yurishini to'xtatdi.  387 ta postning  63,6 % i, aniqrog'i, 246 ta post krill alifbosida, qolgan 36,4 foizi yani 141 ta post lotin alifbosida yozilgan, ekan. O'zimning va mushtariylarning vaqtini tejash uchun yarim finalga yo'llanma

O’qimagan kitoblaringiz bir kuni sizni jazolaydi.

Изображение
KUTUBXONA HAVOSI Faoliyatim davomida ko‘p bora maktab ma’muriyati yoki boshqa soha vakillari tomonidan: “Kutubxonachilarning kitob tarqatish va qabul qilishdan boshqa qanaqa ishi bo‘lishi mumkin, 4 ta kitobni u yoqdan bu yoqqa olaverib kunni kech qilishadi”, degan gaplarini eshitganman. Ana shunday o‘ylaydiganlarning kutubxonaga nisbatan fikrlarini o‘zgartirish uchun men kutubxonachilarning yil davomida qiladigan ishlari, o‘tkazadigan tadbirlari hamda zimmasidagi mas’uliyati va javobgarliklari haqida imkon darajasida qog‘ozga tushirib sizlarga havola etmoqchiman. Xullas men Axborot-resurs Markazi rahbari sifatida lavozim yo‘riqnomasidan tashqari, maktab kutubxonachilariga uslubiy yordam berib, ularni kutubxonadagi faoliyatlarini muntazam ravishda nazorat qilib boraman. Tumanimizda 19 ta maktab bor: ARM xodimlari esa 8 nafarni tashkil qiladi, G’allarol tumanida   90 tadan ziyod maktab bor lekin o‘sha tumanda ham ARM xodimlari 8 nafarni tashkil qiladi, Vazifamiz lavozim yo‘riqn