Bozordagi zaxarli gul
Bozordan suratdagi gulni 20 000 so'mga harid qilgandim. Sotuvchi erkak kishi ekan, gul haqida deyarli hech nima aytmadi, menimcha bu erkak haqiqiy sotuvchining o'rniga vaqtincha o'tirgan bo'lsa kerak. Menga gulni do'lana gul dedi va mevasini qaynatib yesa nimalargadir davo bo'lishi haqida aytdi. Gulning ko'rinishi juda yoqqani uchun harid qildim, mittigina daraxtga o'xshatdim, yo'l - yo'lakay taksida ham ko'pchilikning qiziqishiga sabab bo'ldi, hatto tanlovimdan kayfiyatim ham ko'tarildi. Taksidagi xamroxlarimdan gul haqida so'raganimda ular ham, xa bu do'lana gul, urug'idan ham chiqadi, atroskadan ham ko'karadi deyishdi. Meni uchragan odamga savol berish odatim yo'q, taksidagi ayollarning biri tumanimizdagi 1-maktabning sobiq direktori Nosirova Aziza opa edilar u kishi rahbarlik qilgan maktabga ish bilan borganimda maktabdagi gullarni ko'pligiga ularning yashnab turishiga doim havas qilganman