YOSHLAR ITTIFOQI QAYERDA XATOGA YO'L QO'YMOQDA?
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘layotgan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi haqida aslida nimalarni bilamiz? Ularga bo‘layotgan e’tirozlar o‘rinlimikan? So'ngi kunlarda qosh qo'yaman deb ko'z chiqarayotgan ittifoqchilarning xato qilishlariga nima turtki bo'lyapti?
👆👆👆👆👆👆👆👆👆👆👆
Yuqoridagi maqola va savollarga javob topish uchun men o‘z fikr mulohazalarimni yozishga qaror qildim, Ittifoqning ijtimoiy sahifalariga chiqarilgan xabarlarni ko‘rganimda yoki o‘qiganimda, bu sahifalar nima uchun kerakligi, sahifalarda chiqarilgan xabarlarni ommaga ko‘z-ko‘z qilishdan maqsad nimaligi, ayniqsa, sahifalarning tartibsiz faoliyati o‘ylantiradi meni. Kamina O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Do‘stlik tuman Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boraman va shular haqida ba’zi raqam va ko‘rsatkichlarni sizlarga havol etaman.
Ittifoqning telegram kanali @dustlikittifoq 2018-yil 11-yanvar kuni ochilgan va o‘sha kuni ikki dona xabar chiqarib shu post yozilgunga qadar boshqa xabar chiqarmagan.
Balki ittifoqning boshqa amaldagi kanali yoki guruhi bordir, lekin men izlaganimda shu kanal topildi. (o‘tgan 2017-yilda tumanimiz ittifoqchilaridan biri bilan telegram kanali ochish va uni yurgizish haqida bir ikki kun suhbatlashgan edik (kim bilan suhbatlashganimni ham bilmayman). Keyin esa suhbatdoshim o‘z-o‘zidan yozmay qo‘ygandi).
Kanal obunachilari soni 19 nafar (men bilan) kanaladmini kimligi noaniq qoldirilgan, shuning evaziga adminga murojaat qilish imkonsiz.
Kanal obunachilari soni 19 nafar (men bilan) kanal
Kanalda ittifoq o‘zning twitter va facebook sahifalariga o‘tuvchi linklarini ilova qilgan. Biroq twitter saytidagi ittifoq sahifasi ittifoqning sobiq (2018-yil mart oyiga qadar ishlagan) rahbari Muzaffar Norbaev nomi bilan ochilgan ( https://twitter .com/NorbaevMuzaffar ) va hali ham o‘zgartirishsiz qolmoqda. (sahifani tashkilot nomi bilan ochish kerak edi)
Ma’lumot uchun ittifoqning twitterdagi sahifasidagi so‘ngi xabar 2017-yil 15-sentyabrda yozilgan va o‘sha xabardan keyin shu post yozilgunga qadar hech qanday xabar yozilmagan. (ittifoqning sobiq rahbari Muzaffar Norboyev esa 2018-yilning mart oyiga qadar ishlagan. Demak, Muzaffar Norboyev davrida ham ittifoqning twitterdagi sahifasi 5 oy davomida xabar chiqarmagan).
Ittifoqning facebookdagi sahifasini 471 nafar kuzatuvchisi bor (shu post yozilgunga qadar) ittifoqchilar facebookda ham ko‘plab pala-partishliklarga yo‘l qo‘yishadi. Jumladan, sahifada xabar chiqaruvchi shaxs teglardan qanday foydalanish haqida ma’lumotga ega emas, shuning uchun muntazam ravishda teg qo‘yishda xato qilib keladi.
👆( #Yozni_Kamalak_bilan deb yozilishi kerak edi )
Yana ularning boshqa tuman viloyat ittifoqchilarining xabarlarini bir bilan bo‘lishishlari, o‘zlaring xabarlariga tumanimizga umuman aloqasi yo‘q shaxslarni belgilab xabar chiqarishlari kuzatuvchilarning asabiga tegadi. O‘zingiz o‘ylang: men Do‘stlik tuman ittifoqchilarining qilayotgan ishlari va o‘tkazayotgan tadbirlarini kuzatib borish uchun ham ularning sahifalariga qo‘shilganman biroq ularning sahifalarida Farg‘ona viloyatining 7-maktabida o‘tkazilgan qanaqadir tadbirlar o'tkazilganligi haqida xabar chiqib tursa? 2017-yil yakunida va 2018-yil boshlarida ittifoq raisi o'zgargan lekin bu haqda ittifoq ijtimoiy sahiflarda hech qanday xabar yo'q.
Ittifoqning ijtimoiy sahifalarida tashkilot telefon raqami, elektron pochtasi yoki joylashgan manzili haqida hech qanday ma’lumot yozilmagan.
Yana qo‘shimchasiga tashkilotning amaldagi rahbari Shoxrux Axmatov ittifoqning bironta ham xabarini bo‘lishmagani yoki yoqdi belgisini bosmagani ham g‘alatilik uyg‘otadi (Nahotki tashkilot rahbari o‘zining qo‘l ostidagi xodimlari chiqarayotgan xabarlarni o‘qib chiqishga qiziqmasa? Balkim telefonida internetdan foydalanishning imkoni yo‘qdir, balki ijtimoiy tarmoqlarga kirish uchun vaqt topolmayotgandirlar xullas sababi o‘zlariga va ollohga ayon).
Ittifoqchilarning yoppasiga ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar ochishi va ularda faol bo‘lishi ularga yuqoridan shunday talab qo‘yilgandek ta’sirot uyg‘otadi (og‘zaki ravishda). Sababi sahifalarni aynan kim yuritishi va bunga kim mas’ulligi menga va boshqalarga ham (ittifoqchilardan tashqari) ochiqsiz qolmoqda.
Pala-partish va tartibsiz ustiga ustak qo‘l uchida qilinayotgan bu ishlarni ittifoqda aynan shu soha mutahasisti bajarsa, unga ishimizni ko‘z-ko‘z qil kabi og‘zaki topshiriq emas, chin yurakdan tartib va aniq maqsad bilan ijtimoiy tarmoqlarda ittifoqning faolligini oshirish vazifasi qo‘yilsa, sahifalarida turli hil aksiya va o‘yinlar tashkil qilinsa (misol uchun faxriy yorliqlarning o‘rniga tashkilot futbolkasini yoki kepkasini yutuqqa qo‘ygan holda) maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Ittifoqning vazifalari ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lish emas. Aksincha, tadbirlar nizomida ko‘rsatilgan “Maqsad” degan bo‘limida yozilgan ko‘rsatkichlarga erishish. (har qanday o‘tkazilgan tadbir nizomida, tadbirni o‘tkazishdan maqsadi yoziladi)
Sezgan bo'lsangiz ittifoqchilarning barcha xatolari ijtimoiy tarmoqlarda chiqargan xabarlaridan kelib chiqmoqda, shuni inobatga olgan holda, ittifoqchilar “Birlashib, biz-katta kuchmiz” degan shiorga amal qilgan holda yuqoriga yozma murojaat bilan Ijtimoiy tarmoqlarni boshqarish uchun ittifoqqa alohida lavozim berilishini talab qilishlari haqida maslahat beraman. (Har kim o‘z vazifasini bajarish kerak. Lavozim yo‘riqnomasida ko‘rsatilmagan har qanday topshiriqni bajarilishini talab qilish ham majburiy mehnatning bir ko‘rinishi)
“Muhim ahamiyatga ega bo‘lgan nimaiki yaratilgan bo‘lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan”. Andrew Hendrixson
Do‘stlik tuman Axborot-resurs Markazi rahbari Beknazar Raxmatov
Комментарии
Отправить комментарий