BLOGERLAR CHEMPIONATIDA LOTIN ALIFBOSIGA SEMIZ 2 QO'YILDIMI?


xabar.uz va bir nechta tashkilotlar hamkorligi va homiyligida tashkil qilingan blogerlar chempionatining saralash bosqichi tugagach o'zimni 166 o'rinda ko'rdim va birinchi yil uchun havaskor blogerga yaxshi natija deb o'zimni ovutmoqchi bo'ldim, Aslida shoshilib xato qilganligimni, mavzuni yaxshi tanlamaganligimni ancha oldin tushunib yetgandim. O'zim haqimda unutib reytingi baland blogpostlarni o'qib chiqib bir nimalarni o'ylab qoldim, o'ylaganlarim saralash bosqichidan menga o'xshab o'ta olmagan yoki yarim finalga o'tgan TENGDOSHLARIMga as qotishi mumkin deb bu haqda yozishga qaror qildim.

Xullas, blogerlar chempionatining saralash bosqichi 387 ta ijodiy ish bilan o'z yurishini to'xtatdi.  387 ta postning  63,6 % i, aniqrog'i, 246 ta post krill alifbosida, qolgan 36,4 foizi yani 141 ta post lotin alifbosida yozilgan, ekan. O'zimning va mushtariylarning vaqtini tejash uchun yarim finalga yo'llanma olgan 75 ta post haqida bazi raqamlar va mulohazalarim quyidagicha.

Yarim finalga yo'llanma olgan 75 postdan 78,7 foizi yani 59 ta post krill alifbosida qolgan 21,3 % i ya’ni  16 ta post lotin alifbosida yozilgan.

59 ta krill alifbosida yozilgan postlarga mushtariylar tomonidan jami 503 ta izox qoldirilgan (kimdir 3-4 ta fikr qoldirgan bo'lishi mumkin, lekin bu ikkala tomonda ham kuzatiladi).

16 ta lotin alifbosida yozilgan postlarga mushtariylar tomonidan 312 izoh qoldirilgan, lekin shuni ta'kidlab o'tish kerakki 312 ta izohning 152 tasi bitta postga tegishli (Shahbozbek Dolimov “Vaqt qadri” (o'zbek yoshlari uchun VLOG)) postiga.

75 ta postning dastlaki 30 tasida atigi ikkita lotin alifbosida yozilgan post  mavjud, ularning biri 3-o'rinda bo'lsa ikkinchisi 29-o'rinda. Agar tashkilotchilar limitni 50 tadan 75 taga ko'tarishmaganda, yarim finalga 9 ta lotin alifbosida yozilgan post mualliflari o'tishgan bo'lardi.

Men ushbu blogpostimda nimaga urg'u bermoqchi bo'layotganimga tushunib boshlagandirsiz, aziz mushtariy. Krill alifbosida yozilgan 59 postning mualliflari kimlar ularning yoshlari nechchida? Xuddi shunday savolni lotin alifbosida yozilgan 16 ta post mualliflariga ham berish mumkin, ular kimlar?


LOTIN ALIFBOSIDA YOZILGAN 16 TA POST HAQIDA
Saralash bosqichida 3-o'rinni band qilgan bloger Mamur Akhlidinov 1979-yilda tavallud topganlar, lekin u kishi xohlasalar ham krill alifbosida post yozmasdilar, balki yozolmasdilar ham. U kishi o'zi yashab turgan muhitdan va bosib o'tgan yo'llaridan, olgan ta'lim jarayonidan kelib chiqib lotin alifbosida qoyilmaqom qilib post yozganlar.

29-o'rinni egallagan blogni lotin alifbosida yozilishining asosiy sababi postning mavzusi, boshqa tomondan post muallifi Valijon Turakulovning PhD/O'qituvchi(Xalqaro Savdo, Inha Universiteti) ekanligida.

31-o'rinni band etgan (Bahrom Kalonov) Rais Buvanomli postning muallifi haqida aniqroq ma'lumot topoa olmadim. Ushbu post, menimcha, chempionatdagi ham lotin alifbosida, ham krill alifbosida aralashtirib yozilgan yagonda post bo'lsa kerak.


32-o'rindagi post(Saidaziz A'zamov) muallifining facebook dagi sahifasi ko'rsatilgan ma'lumotlari to'g'ri bo'lsa u kishini lotin alifbosida post yozishiga Jaxon tillari universitetida o'qiyotganligi yoki o'qib bitirganligi sababchi bo'lgan, chamamda.


34-o'rin egasi (Abdullev Ruslan) post mavzusidan kelib chiqib ham lotin alifbosida yozishga majbur bo'lgan. Yana muallifning 1988-yilda tavallud topganligi ham krill alifbosiga nisbatan lotin alifbosida yozish bir muncha oson bo'lgan. Sababi 1988-yilda tavallud topgan yurtdoshlarimiz 1994-yilda maktabga ilk qadamlarini qo'yishgan va 2 yil krill alifbosida ta’lim olib, 1996 yildan lotin alifbosiga o'tishgan.

35-o'rindagi post muallifi (Alisher Tojiev) kaminaning tengdoshi, ya’ni 1990-yilda tavallud topgan ekanlar (facebookdagi sahifasiga asoslanib) ushbu post muallifi lotin alifbosida post yozishi tabiiy. Yuqorida aytganimdek, lotin alifbosiga 1996-yilda o'tganmiz, post muallifi 1996 yoki 1997 yilda maktabga 1-sinfga qabul qilingan va to`liq lotin alifbosida o'qishni davom ettirgan.

38-o'rindagi post (Umida Butayorova, vlog) muallifi Jaxon tillari universitetida tahsil olgan yoki olmoqda (facebookdagi sahifasiga asoslanib, googledan izlaganimda aniq ma'lumot topa olmadim) Muallifning chempionatga topshirgan mavzusidan ko'rinib turibdi, u kishi ish davomida ham to'liq lotin alifbosidan foydalanadilar.

42-o'rindagi post (Azizbek Yusupov) muallifining kimligini bilish uchun ism familiyasini avval facebook ka keyin google ga yozib izlab ko'rdim. Chiqqan ma'lumotlardan ko'nglim to'lmadi. Aksiga olib post muallifi championatdagi sahifasiga ham o'z suratlarini qo'ymabdilar. Keyin qani balki javobni postdan toparman deb postga ko'z yugurtirdim. Yuz foizlik ishonch bilan aytishim mumkinki post muallifi kaminadan bir necha yosh kichik. (boshlang’ich ta’limni ham o'rta ta’limni ham lotin alifbosda o'qigan mustaqillik farzandlaridan)

46-o'rinni band qilgan post muallifi (Muzaffar Qosimov) haqida facebook da ma’lumot topish qiyin bo'lmadi, biroq sahifalarida tug'ilgan yillari ko`rsatilmagan yoki berkitilgan ekan. Shunday bo'lsa ham, 2003-yil o`rta maktabni tamomlaganliklaridan muallifni 2-3 sinfdan boshlab lotin alifbosida tahsil olgan deb aytishim mumkin. Muallifning ayni damdagi kasbi ham lotin alifbosida post yozishga turtki bo'lganligi aniq.

53-o'rindagi post muallifi (Dilnavoz Berdiyeva) haqida ham internetdan aniqroq ma’lumot topa olmadim va yana postga yuzlanishimga to'g'ri keldi, postdagi Men o'qituvchi, ilmiy izlanuvchi inson sifatida quyidagi takliflarni kiritaman:” so`zidan ko`rinib turibdi muallif nima uchun lotin alifbosida post yozganligi. Postni boshidan oxirigacha o'qib chiqdim va sizlarga muallifga dushman bo'lib qolishdan saqlanishlaringizni tafsiya qilaman.

54-o'rindagi post muallifi (Sherzod Shermukhamedov) 1989-yilda tavallud topgan ekanlar (facebookdagi sahifasiga asoslanib) lotin alifbosida post yozishga, avvalo, boshlang'ich ta'limni lotin alifbosida olganliklari bo'lsa, keyingi o'rinda post mavzusi ham qisman turtki bo'lgan.

58-o`rindagi post (Gulruxoyim Yusupova) mavzusi quyidagicha O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida ijtimoiy tajriba (vlog)” lotin alifbosida yozilishiga sabab muallifning tanlagan mavzusida deb o'ylagandim. Lekin muallifning 1995-yilda tavallud topganliklari, (facebookdagi sahifalariga asoslanib) agar xohlasalar ham krill alifbosida post yozmasliklarini tasdiqlashim mumkin. 1995-yilda tavallud topgan muallif, chamasi, 2001-2002 yilda maktabga ilk qadamlarini qo'yganlar. Bu vaqtga kelib, lotin alifbosida dars o'tishga o'qituvchilarda 4.5 yillik tajriba bo'lgan.

61-o'rindagi post muallifining (Davronbek Alijonov) yoshini facebookdagi sahifalariga yuklagan shaxsiy suratlaridan aniqlashimga to'g’ri keldi. Muallif  lotin alifbosida tahsil olgan mustaqillik farzandlaridan ekanligi aniq (facebook dagi suratlariga asoslanib), qo'shimchasiga muallifning yashab turgan muhiti ham bosib o'tgan yo`llari ham lotin alifbosida qiynalmasdan post yozishgan imkon yaratgan, nazarimda.

64-o'rindagi post (Shohbozbek Dolimov) chempionatda eng ko'p muhokama qilingan postlar reytingida 1-o'rinni katta farq bilan band qilgan, muallif haqida google u kishining yaqinlaridan ham ko'proq ma’lumot taqdim etdi.1994-yilda tavallud topgan muallifimiz boshlang’ich ta’limdan to hozirgacha (ayni damda ham o`qimoqdalar ekan chet elda) lotin alifbosi bilan aka-ukaday bo'lib ketganliklariga ishonchim komil.

68-o'rindagi post muallifi (Muzaffar Umar) haqida intenrnetdan hech qanday ma’lumot topa olmadim keyin postga yuzlandim, postda muallif o'zi haqida aniq ma'lumot bermagan, lekin kaminaga kasblarini bilish uchun yetarli bo'ldi. Muallifning ishidan kelib chiqib lotin alifbosida post yozgan, nazarimda. Muzllifning ayni damdagi kasbidan aytishim mumkinki maktabda olgan ta'lim tilimining kamida 50 foizi lotin alifbosiga tegishli bo'lgan.

69-o'rindagi post (Muhammadsodiq Donayev) muallifini kimligini aniqlashga 20 daqiqadan ziyod vaqt sarfladim, ochig'i. Yakunda post muallifini Xitoy davlatida talaba bo'lishi mumkinligi haqidagi xulosam bilan izlanishlarimni to`xtatdim. Muallifning ayni damda talaba ekanliklarini va unga post mavzusini ham qo'shsak, maktab davridagi olgan ta'lim tilining 80.90 foiz lotin alifbosiga tegishli ekanligi oydin bo'ladi.

75-o'ringa ham yetib keldik, ushbu post muallifi (Muhsin Rajabov) haqida ham internetdan aniq ma'lumot topolmadim. Umuman hech nima topaolmadim desam ham bo'ladi. Muallifni chempionatga taqdim etgan mavzusi va muallifning chet elda ekanligi (adashmasam AQSH) lotin alifbosida yozishga majbur qilgan, nazarimda. Ishonch bilan aytishim mumkinki, muallif boshlang'ich ta'limni to'liq krill alifbosida tamomlaganlar.


Xulosam shuki yarim finalga yo'llanma olgan 16 ta lotin alifbosidagi postlarning mualliflari orasida o'zimga o`xshagan ya'ni boshlang'ich va o'rta ta’limni lotin alifbosida tamomlagan, o'rta maxsus ma’lumoti bilan cheklanib turgan ishtirokchini ko'rmadim. 16 nafar blogerning 95 % i oliy ma'lumotga ega yoki shu yo'ldagi shaxslar. Kimdur bunday past natijaga lotin alifbosida berilayotgan boshlang’ich ta'limning sifat samaradorligini sabab qilib ko'rsatishi aniq, chunki chempionatga lotin alifbosida kelib tushgan 141 ta postning 11 % i, ya'ni 16 tasi keyingi bosqichga ilingan bu 9 dan bir qismi degani. Biroq kaminaning bunday xulosasidan hafa bo'lishga shoshilmang. Aziz TENGDOSHLAR, bu hali boshlanishi, imkon topildi deguncha chempionatning saralash bosqichi haqida sizlarga taskin beradigan fikr va mulohazalarimni taqdim etib borishni rejalashtirganman.

59 ta krill alifbosidagi postlar va post mualliflari alohida mavzu, hozircha yarim finalga chiqqan 16 nafar lotinchilarimizni qo'llab quvvatlab turamiz.
Bo'sh kelmang lotin alifbosida tahsil olgan mustaqillik farzandlari.


“Blogerlar chempionati 2018” ishtirokchisi Beknazar Raxmatov
Jizzax viloyati Do'stlik tumani Axborot-resurs Markazi rahbari.

Комментарии

Отправить комментарий

Популярные сообщения из этого блога

Жавоблар топилганда саволлар ўзгаради. Туркиядаги Ўзбекистонликлар бебош қолдими?

Bozordagi zaxarli gul

O’qimagan kitoblaringiz bir kuni sizni jazolaydi.