Сообщения

Жавоблар топилганда саволлар ўзгаради. Туркиядаги Ўзбекистонликлар бебош қолдими?

Изображение
 Биласиз, куни кеча Туркия ҳаво йўллари томонидан Истанбул-Тошкент-Истанбул йўналиши бўйича чартер рейс амалга оширилди . Мендаги аудио, фото ва видео маълумотларга кўра 30 нафардан зиёд юртдошимиз чипта олиб ҳам самолёт салонига етиб боришмаган.  Энг қизиғи уларнинг орасида юклари Ўзбекистонга кетганлари бор. Ҳозир фақат қўлида паспорти билан Туркияда юришибди. Таваккал аэрапортга бориб чипта олганларни, балки, айб ўзида дерсиз, лекин бир кун олдин консуллик қўнғироғидан кейин 516 долларга чипта олиб, ўз вақтида аэрапортга борганлар ҳам қолиб кетганига нима дейсиз? 29 июль куни 516 долларга ҳарид қилинган чипта (парвоздан бир кун олдин)  Таваккал аэрапортга борганларга аэрапорт авиакассаси чиптани 480 доллардан сотишган, бир кун олдин эса рўйхатда борларга чипта 516 доллардан сотилган. Юртдошларимиз депорт бостириш ва жарима пулларини тўлаш босқичига келганида аэрапорт маъмури келиб уларга: "Бўлди самалёт тўлди, сизлар қолдингиз", - деб айтган, қанақасига? Аэ

Ayollarning haq huquqi haqida

Изображение
Xotin-qizlar qo'mitalari raisi lavozimlari tugatildi. Ko'p o'qiymiz "bolasini falon pulga sotmoqchi bo'lgan ayol ushlandi" degan xabarlarni, bu kabi jinoyatlar yurtimizda avvaldan bo'lgan, shunchaki biz bilan siz ommaviy axborot vositalari rivojlangan davrda yashayabmiz. Gap o'zbek ayoli haqida ketganda ko'z oldimda yugurishni bilmaydigan, bir kuni yirtqich hayvonga yem bo'lishini kutib turgan ohu gavdalanadi. Himoyasiz, nochor, xo'rlanish va doimiy tahqirlanishlardan yuzaga chiqish uchun eriga, akasiga, ukasiga yoki dadasiga, yana alla kimgadir mulozamat qilishga majbur bo'lgan o'zbek ayolini himoya qiladigan faqat nomi bor bo'lgan qo'mita ham tugatilibti. Bu qo'mita tugatilishi emas aksincha isloh qilinishi kerak edi. Bir yil oldin ona chaqalog'ini hojathonaga tashlagani haqida xabar chiqdi, bir yildan keyin erini chavaqlab hojatxonaga tashlagan ayol haqida o'qidik. Ayollar qilayotgan jinoyatlarning ming

Оператция ы

Изображение
Bir necha kun oldin kanalimizga maktab qoravulining hushtak chalgan vaqtda posbonlar kelmagani haqida video qo'ygan edik. Bazi amaldorlarimiz videoni mazmunsiz, bizni esa madaniyatsiz deb atashibti. Videoni kanalga chiqarib hechkimni tagiga suv qo'yish yoki qo'rqitish haqida o'ylaganimiz yo'q, aslida deputatlar tinmasdan bong urgan YANGI O'ZBEKISTONda eskitdan qolgan, sovetcha hushtak chalishni qoravullarga qayta tadbiq qilinganiga va buni chekkadan tomosha qilish qanchalik kulguli bo'lishiga etibor qaratmoqchi bo'lgandik. Yarim tunda maktabda qorovuldan boshqa inson bo'lmaydi odatda, demak qorovul yarim tunda binodagi yagona inson, boshqa insonlar kabi uning ham havsizligi muhum, u sariq nimcha kiyib olib, kimdir hujum qilganda qo'lida o'zini himoya qiladigan hech qanday buyumsiz faqat fonar va hushtak bilan nima qila olishi mumkin? Aksiga olib hushtak chalganda hech kim yetib kelmasa. Maktablarga kuzatuv kameralarini o'rnatish hu
Изображение
4500 kilometrdan ko'rinib turgan muammolar. Saylov jarayoni avjiga chiqib ijtimoi tarmoqlarda partiyalarning falon joyda saylovchilar bilan uchrashdik, piston joydagi aholi muammosi o'rganildi, manabu qarorga anavi partiya qarshi kabi maqola va xabarlar urchidi. Kazo kazolar bilan birgalikda xo'o'o' haligi partiya faollari tuman markazida joylashgan madaniyat saroyida yosh saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazibdi, uchrashuv davomida saylovchilar deputat va kazo-kazolarga o'zlarining qiziqtirgan savollarini beribti. Savollar taxminan quydagicha, qanday qilib deputatlikga nomzodimni qo'ysam bo'ladi? Partiyaning oldiga qo'ygan maqsadi nima? Deputatlarning vakolatlari nimalardan iborat? Javoblaringiz uchun oldindan raxmat. Yoki qaysidir sektor raxbari bilan birgalikda, kazo-kazolar hamda ha barakalla partiyasi faollari yopilib ketgan kollejning aktiv zalida saylovchilar bilan uchrashib aholini qiynab kelayotgan muammolarni o'rgandi. Uc

Ariza yozishni bilamiz.

Изображение
     Xabaringiz bor 2019-yil 7-iyun kuni Prezidentimiz SHavkat Mirziyoyev Miromonovich Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni  yanada  takomillashtirish toʻgʻrisidagi qarorga imzo qo'ydilar. Qarorda 186  ta  tumanda (shahar) axborot-kutubxona markazlarini tashkil etish, shuningdek, umumtaʼlim maktablari va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari qoshida faoliyat koʻrsatayotgan barcha axborot-resurs markazlari faoliyati tugatilishi haqida ham alohida band bor.      Axborot-resurs markazlarini tugatilishi haqidagi xabar butun Oʻzbekiston boʻylab shov-shuv boʻlib,  facebook  va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻldi desam yolgʻon boʻladi, ha shunday qarorning ushbu bandini faqat shu soha vakillari tomonidan Respublika Bolalar kutubxonasi tashabbusi bilan ochilgan b olalarkutubxonasi   telegram  guruhi orqali Respublikamiz boʻylab ikki mingdan ziyod axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan tinmasdan muhokama qilindi va

So’z navbati maktab kutubxonachisiga.

Изображение
Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar, shunday muborak kunda sizlarning qarshingizda turib so’zga chiqanimdan bag’oyatda xursandman, mening aytmoqchi bo’lgan gaplarimni dilingizga yaqin olmang va gaplarimni shunchaki bir kutubxonachining valdirashida deb qabul qiling. Men kutubxonachi kasbini tanlaganimdan juda juda bahtiyorman, o’zi yetti uxlab tushimga ham kirmagandi kutubxonachi bo’lish, noilojlikdan boriga baraka deb shu soxaga ishga kirganman uydagi qo’chqordan vos kechib. Kutubxonaga  ishga kirgunimcha deyarli kitob ochib o’qimaganman, balki o’qiganimda edi hozir kutubxonachi bo’lish baxtiga muyassar bo’lmagan bo’larmidim, yaxshiyam kitob o’qimagan ekanman deb o’ylab qolaman bazida. Ko’pchilik  kutubxonachiga qiyin, xonasida na kompyuteri bor na printer bor deb o’ylaydi, aslida ular xato o’ylashadi, menga mazza, ikki varoq ma’lumotnomani yozish uchun maktabda kimda kompyuter bo’lsa o’shanga yalinaman, bu ham bir baxt agar bilsanglar, odam odam bilan muloqatda bo’lib turg
Изображение
  ADOLATSIZ INNOVATSION KOʻZBOʻYAMACHILIK Bugun telegramda ikki nafar tanishimdan gʻalati iltimosnoma keldi, birinchi tanishim Jizzax    Politexnika institutining Avtotransport fakulteti dekani (menimcha dekan boʻlsalar kerak, xabar ostida shunday teg bor) Saidaxmedova Nodira Ilhomovnaga  ovoz berishimni iltimos qildi, tanimaymanku desam “bizni dekan” deb javob qaytardi, xullas kirib ovoz bermadim, tanimagan odamimga qanday qilib ovoz berishim mumkin? Ustiga ustak meni ovozim boshqa ishtirokchilarning reytingiga tasir koʻrsatadigan boʻlsa. Oradan bir soatcha vaqt oʻtgach boshqa bir tanishim xuddi shu institutning Arxitektura va qurilish fakultetini dekani Berdiqulov Aʼzam Mardanovichga ovoz berishimni soʻrab iltimos qildi, bu safar xabarni eʼtiborsiz qoldirolmadim, oʻzi nima boʻlayotganiga oydinlik kiritish uchun havola orqali kanalga oʻtdim. Kanalda institutning 5 nafar dekanini surati qoʻyilgan, tagida lavozimi ismi sharifi yozilgan va ovoz berish uchun havola bor, xull